Logo

JCH-2026. Amaldagi chempion Argentina yirik g‘alaba bilan boshladi, Messidan het-trik

Бугун 08:101 дақиқа

38 yoshli hujumchi gollar soni bo‘yicha mundial rekordini takrorladi.

JCH-2026. Amaldagi chempion Argentina yirik g‘alaba bilan boshladi, Messidan het-trik

Jahon chempionatida amaldagi chempion ham yurishini boshladi.

J guruhi 1-turida Argentina Jazoirga qarshi maydonga tushib, Lionel Messining het-trigi evaziga yirik hisobda ustun keldi.

E’tiborlisi, 38 yoshli forvard mundiallardagi gollarini 16 taga yetkazib, turnir tarixida eng ko‘p gol urgan germaniyalik Miroslav Klozening rekordini takrorladi. Keyingi o‘yinlardagi yana bir gol Leoni mutlaq rekordchiga aylantiradi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Avstriya Iordaniya bidan ro‘baro‘ keladi.

JCH-2026. J guruhi. 1-tur
Argentina — Jazoir 3:0

16-iyun. Kanzas
Gollar: Messi (17, 60, 76).
Argentina — Martines, Montiel (Molina, 46), Romero (Otamendi, 80), Martines, Medina, De Paul, Mak Allister, Fernandes, Almada (Gonsales, 55), Messi (Pas, 80), Martines (Alvares, 55).
Jazoir — Zidan, Belgali, Mandi, Bensebayni, Ait-Nuri, Budaui (Auar, 64), Bintolib (Bulbina, 81), Maza (Zerruki, 82), Haj-Musa (Mahrez, 64), Shaibi, Guiri (Amura, 64)..

Мавзуга оид