JCH-2026. AQSH Paragvay ustidan yirik g‘alabaga erishdi
Balogun turnirning ilk dubli muallifiga aylandi. Birinchi avtogol ham qayd etildi.

AQSH, Meksika va Kanadada o‘tayotgan 2026 yilgi Jahon chempionatida uchinchi mezbon ham o‘zining dastlabki o‘yiinini o‘tkazdi.
D guruhini boshlab bergan bahsda AQSH Paragvayga 4 ta gol urib, pley-off sari katta qadam tashladi. Maurisio Pochettino jamoasidan «Monako» hujumchisi Folarin Balogun ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, turnirning ilk dublini qayt etdi. Mehmonlar yarimhimoyachisi Damian Bobadilla esa birinchi avtogol muallifiga aylandi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Toshkent vaqti bilan 14-iyun kuni soat 9:00 da Turkiya Avsraliya bilan bahs yuritadi.
JCH-2026. D guruhi. 1-tur
AQSH — Paragvay 4:1
13-iyun. AQSH. «Sofi Stedium»
Gollar: Bobadilla (7, avtogol), Balogun (31, 45+5), Reyna (90+8) — Maurisio (73).
AQSH — Friz, Frimen, Richards, Rim, Robinson, Adams, Tillman (Reyna, 82), Dest (Vea, 72), Makkenni, Pulishich (Berhalter, 46), Balogun (Pepi, 72).
Paragvay — Gill, Kaseres (Velaskes, 79), Gomes, Alderete, Alonso, Gomes (Kaku, 80), Kubas, Bobadilla (Maurisio, 46), Almiron (Sosa, 79), Ensiso, Sanabria (Arse, 62).
Ogohlantirishlar: Kaseres (10), Almiron (53), Adams (59), Gomes (79), Arse (88), Alonso (90+3).





