JCH-2026. Fransiya Dembelening het-trigi evaziga Norvegiyani yirik hisobda yengdi, Senegalda 5:0
Fransiya va Norvegiyaning 1/16 finaldagi raqiblari ham ma’lum.

Jahon chempionatida 3-tur bahslari davom etmoqda.
I guruhida pley-offga chiqib bo‘lgan Fransiya (9) va Norvegiya (6) o‘rtasidagi bellashuvda Desham jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi. Dembele 32 daqiqa ichida het-trik qayd etib, so‘nggi 32 yil ichida mundiallarning birinchi bo‘limida bunga erishgan ilk futbolchiga aylandi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida esa Senegal Iroqqa 5 ta gol urib, 3-o‘rinni egalladi va pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.
Fransiya 1/16 finalda Shvetsiyaga qarshi, Norvegiya esa Kot-d'Ivuar bilan o‘ynaydi.
JCH-2026. I guruhi. 3-tur. 26-iyun
Norvegiya — Fransiya 1:4
Gollar: Osgor (21) — Dembele (7, 20, 32), Due (90+4).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Larsen (50).
Norvegiya — Selvik, Osgord, Falchener (Langas, 66), Shelderup (Hauge, 83), Berg, Bobb (Nusa, 83), Byorkan (Pedersen, 46), Larsen, Ostigor, Torstvedt (Torsbi, 46), Eursnes.
Fransiya — Menyan, Kunde (Gyusto, 87), Upamekano (Konate, 76), Lakrua, Ernandes, Chuameni, Kone, Due, Olise (Sherki, 65), Dembele (Barkolya, 65), Mbappe (Mateta, 87).
Ogohlantirishlar: Berg (10), Chuameni (74).
Senegal — Iroq 5:0
Gollar: Diarra (4), Sarr (56), P.Guye (59, 71), Ndiaye (82).
Senegal — Diav, Diatta, Sek (Siss, 58), Niakate, Yakobs, I.Guye, Diarra (P.Guye, 57), Mbaye (Ndiaye, 57), Kamara (Jekson, 57), Mane, Sarr (Diao, 81).
Iroq — Basil (Hasan, 46), Putros, Hoshim, Sulaka, Doski, Al Ammari, Jassim (Ar Reshavi, 58), Bayish, Iqbol (Yakob, 67), Qosim (Yunus, 16), Al Hammadi (Yusuf, 58).
Ogohlantirishlar: Sek (18), Al Ammari (75), P.Guye (81), Doski (90).
Chetlatish: Sulaka (13).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





