Logo

JCH-2026: Ochilish o‘yinidan finalgacha bo‘lgan asosiy sanalar ro‘yxati

Бугун 20:552 дақиқа

O‘zbekistonning turnirdagi debyut o‘yini sanasi ham aniq bo‘lgan.

JCH-2026: Ochilish o‘yinidan finalgacha bo‘lgan asosiy sanalar ro‘yxati © Michael Regan - FIFA / Contributor / FIFA / Gettyimages.ru

2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati 11-iyun kuni boshlanib, 19-iyulga qadar davom etadi. Musobaqa taqvimi va muhim sanalari tasdiqlandi. Bu haqda «Al Jazeera» ma’lum qildi.

39 kunlik turnir AQSH, Kanada va Meksika davlatlarida bo‘lib o‘tadi. Unda Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Kilian Mbappe kabi yulduzlar bilan bir qatorda Lamin Yamal va Arda Guler kabi yosh iqtidorlar ishtirok etadi.

Turnirning muhim sanalari va o‘yinlari

Ochilish o‘yini 11-iyun kuni Mexiko shahrida Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Boshqa muhim sanalar quyidagicha taqsimlangan:

• 12-iyun: Kanada - Bosniya va Gersegovina, AQSH - Paragvay (boshqa hamkor mezbonlarning ochilish o‘yinlari).
• 14-iyun: Germaniya - Kyurasao (Kyurasao Jahon chempionatida o‘ynagan eng kichik davlatga aylanadi).
• 15-iyun: Ispaniya - Kabo-Verde (Kabo-Verdening turnirdagi debyuti).
• 16-iyun: Argentina - Jazoir, Avstriya - Iordaniya (Argentina chempionlik himoyasini boshlaydi, Lionel Messi o‘zining oltinchi JCHsida maydonga tushadi; Iordaniya birinchi marta JCH o‘yinini o‘tkazadi).
• 17-iyun: Portugaliya - Kongo DR, O‘zbekiston - Kolumbiya (Krishtianu Ronaldu oltinchi bor JCHda qatnashadi; O‘zbekiston tarixda birinchi marta Jahon chempionatida o‘ynaydi).
• 27-iyun: Guruh bosqichi yakunlanadi.
• 28-iyun - 3-iyul: 1/16 final (32 ta jamoa ishtirokidagi bosqich).
• 4-7-iyul: 1/8 final (Nimchorak final).
• 9-11-iyul: Chorak final.
• 14-15-iyul: Yarim final.
• 18-iyul: Uchinchi o‘rin uchun bronza medali bahsi.
• 19-iyul: Jahon chempionati finali.

Guruh bosqichining eng markaziy o‘yinlari

«Al Jazeera»ga ko‘ra, guruh bosqichidagi eng yaxshi o‘yinlar quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:

• 13-iyun: Braziliya - Marokash (C guruhi)
• 14-iyun: Niderlandiya - Yaponiya (F guruhi)
• 16-iyun: Fransiya - Senegal (I guruhi)
• 17-iyun: Angliya - Xorvatiya (L guruhi)
• 18-iyun: Meksika - Janubiy Koreya (A guruhi)
• 20-iyun: Germaniya - Kot-d'Ivuar (E guruhi) va Niderlandiya - Shvetsiya (F guruhi)
• 22-iyun: Norvegiya - Senegal (I guruhi) va Argentina - Avstriya (J guruhi)
• 24-iyun: Janubiy Afrika - Janubiy Koreya (A guruhi)
• 25-iyun: Yaponiya - Shvetsiya (F guruhi)
• 26-iyun: Norvegiya - Fransiya (I guruhi) va Urugvay - Ispaniya (H guruhi)
• 27-iyun: Kolumbiya - Portugaliya (K guruhi)

Теглар

Мавзуга оид