Kiyevga hujum Maskning «Starlink» bo‘yicha qarorini tezlashtirgan — «The Atlantic»

28.02.2026 | 08:251 дақиқа

Rossiya dronlari Kiyev markazidagi hukumat kvartallariga yetib borganidan so‘ng rossiyaliklar uchun «Starlink» o‘chirilgani aytilmoqda.

Kiyevga hujum Maskning «Starlink» bo‘yicha qarorini tezlashtirgan — «The Atlantic»

«The Atlantic» nashrining yozishicha, «SpaceX» kompaniyasi asoschisi Ilon Mask rossiyalik harbiylar frontda foydalanayotgan «Starlink» sun’iy yo‘ldosh aloqasini Kiyevdagi hujumdan keyin o‘chirgan. Mazkur holat voqealar zanjirini boshlab bergan trigger sifatida baholangan.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, yanvar oyi oxirida Rossiyaga tegishli zarbdor dronlar Ukraina havo mudofaasi tizimini chetlab o‘tib, Kiyevdagi hukumat kvartali tomon past balandlikda harakatlangan. Guvohlar aytishicha, dron yettinchi qavatdan ham pastroqda uchgan. Ukraina rasmiy idoralari joylashgan hududda vahima yuzaga kelgan.

Oqibatda dron qo‘shni binoga urilib, yengil shikast yetkazgan. Jabrlanganlar bo‘lmagan. Qurilma BM-35 sifatida identifikatsiya qilingan. Avvalroq Ukraina Mudofaa vazirligi rossiyaliklar ayrim dronlarni «Starlink» terminallari bilan jihozlayotganini bildirgan edi.

«The Atlantic» qayd etishicha, ushbu hodisa rossiyalik harbiylar uchun «Starlink» xizmati bloklanishiga olib kelgan qarorlar zanjirini boshlab bergan. Nashrga ko‘ra, bu o‘zgarish Ukrainaga frontda tashabbusni qayta qo‘lga olish imkonini bergan.

Теглар

Мавзуга оид