Logo

Ko‘ksaroyda Narendra Modini kutib olish marosimi o‘tkazildi

Бугун 12:471 дақиқа

O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy kutib olindi. Marosimdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Ko‘ksaroyda Narendra Modini kutib olish marosimi o‘tkazildi © president.uz

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Hindiston bosh vaziri Narendra Modini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

Marosimda ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi. Shuningdek, faxriy qorovul saf tortdi va O‘zbekiston hamda Hindiston davlat madhiyalari yangradi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar. Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Теглар

Мавзуга оид