Logo

Kreml uchun «qizil chiroq»: Rossiya jamiyatida tashvish va ishonchsizlik kuchaymoqda

Бугун 08:304 дақиқа

Sotsiologlar prezidentga nisbatan ishonch va uning faoliyatini ma’qullash darajasi tushib ketganini qayd etishmoqda. VSIOM so‘rovnomasiga ko‘ra, respondentlarning Vladimir Putin ishiga bergan bahosi so‘nggi ikki yil ichida eng keskin darajada yomonlashgan. Reytinglar aprel oyidan buyon pasaymoqda. Ayni paytda, jamiyatda tashvishli kayfiyat kuchaygan. Va bularning barchasi sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan Davlat dumasi saylovlari arafasida yuz bermoqda.

Kreml uchun «qizil chiroq»: Rossiya jamiyatida tashvish va ishonchsizlik kuchaymoqda

VSIOM so‘rovi natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, prezident Putin faoliyatini ma’qullash ko‘rsatkichi bor-yo‘g‘i bir hafta ichida 3,5 foizga (70,4 foizdan 66,9 foizga) pastlagan. Bunga qadar xuddi shunday keskin pasayish — ya’ni bir hafta ichida 3,5 foizga tushish holati 2024 yilning avgust oyida kuzatilgan edi. O‘shanda Ukraina harbiylarining Kursk viloyatiga bostirib kirishi ortidan ko‘rsatkich 77,1 foizdan 73,6 foizgacha tushib ketgandi.

«BBC» nashrining yozishicha, президент reytingining bu galgi pasayishi bahordan beri davom etmoqda. Buni Rossiyaning uchta asosiy sotsiologik xizmati: VSIOM, prezident ma’muriyatiga yaqin bo‘lgan «Jamoatchilik fikri» fondi (FOM) va «Levada» markazi ham tasdiqlagan. Ushbu uchta markaz so‘rov o‘tkazishda turli usullardan foydalanadi va savollarni turlicha tuzadi. Shu sababli ham ularning ma’lumotlarida o‘zaro tafovutlar mavjud.

Bahorda, aniqrog‘i, aprel oxiriga qadar yetti hafta davomida Rossiya prezidentining reytingi pasayganini qayd etgan VSIOM may oyiga kelib tadqiqot usulini o‘zgartirdi. Ilgari so‘rovlar faqat telefon orqali o‘tkazilgan bo‘lsa, endi sotsiologlar respondentlarning teng yarmi bilan yuzma-yuz ko‘rishib so‘rov o‘tkazmoqda. Markaz buni aloqadagi muammolar bilan izohladi. Natijada Putinni qo‘llab-quvvatlash reytingi biroz ko‘tarildi — aprel o‘rtalaridagi 65,6 foizlik ko‘rsatkich may oyida 69,4 foizga, iyunda esa 70,4 foizga yetdi.

So‘rovlarni aholining yashash joyida o‘tkazadigan FOM esa o‘z usulini o‘zgartirgani yo‘q. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, Putinning faoliyatini respondentlarning 70 foizi ijobiy baholamoqda (iyun o‘rtalaridan beri 5 foizga pasaygan). Bu Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon prezident uchun eng yomon ko‘rsatkichdir. Ma’lumot o‘rnida, urushdan oldin, 2022 yilning fevral oyida davlat rahbarining faoliyatini aholining 64 foizi ma’qullagan edi.

Уйма-uy yurib so‘rov o‘tkazadigan «Levada» markazi ham iyun oyida Putinni 74 foiz aholi ma’qullashini qayd etdi va bu urush boshlanganidan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Siyosatshunos Aleksandr Kinevning ta’kidlashicha, hozirgi vaziyatda so‘rov o‘tkazish usuli juda muhim.

«Uyma-uy yurib o‘tkaziladigan so‘rovlar asosan uy bekalari va pensionerlar, ya’ni ancha konservativ va kundalik voqealarga kamroq e’tibor qaratadigan qatlamning fikrini aks ettiradi», — deydi u.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, telefon orqali o‘tkaziladigan so‘rovlar esa ko‘proq bilimli, yosh va faol aholini qamrab oladi. Ular voqealarga va axborot makonidagi o‘zgarishlarga tezroq munosabat bildiradi hamda ijtimoiy jarayonlardan ko‘proq xabardor bo‘ladi.

Hokimiyatning reytingi iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi, narx-navo oshishi, Ukrainaning Moskva va front chizig‘idan uzoqdagi boshqa hududlarga havo hujumlarini kuchaytirgani, shuningdek, internetdagi bloklashlar fonida pasaya boshladi. Kremlga yaqin Bi-bi-si manbasining ta’kidlashicha, aynan internetdagi cheklovlar Putining рейтинги tushishiga asosiy turtki bo‘lgan.

Kinevning qayd etishicha, sotsiologlarning savollariga «92 foiz odam javob berishdan bosh tortmoqda». Hozirgi raqamlar hatto o‘z fikrini ochiq aytishdan qo‘rqmaydiganlar orasida ham hokimiyatni qo‘llab-quvvatlash darajasi kamayganini ko‘rsatmoqda.

FOM ma’lumotiga ko‘ra, hozirda rossiyaliklarning teng yarmidan ko‘pi o‘z yaqinlari, do‘stlari, hamkasblari va tanishlari orasida tashvishli kayfiyat hukmron deb hisoblaydi. Bu ko‘rsatkich faqat 2022 yil kuzida, Putin qisman safarbarlik e’lon qilgan paytdagina bundan yuqori bo‘lgan (o‘shanda oktabr oyida xavotir darajasi 70 foizgacha ko‘tarilgan edi).

Сайловларга oz qoldi

Bi-bi-si suhbatdoshlari hozirgi vaziyatda hokimiyat reytingining pasayishi 18–20-sentabr kunlari o‘tadigan Davlat dumasi saylovlari natijasiga jiddiy ta’sir qilishiga shubha bilan qaramoqda. Kinev amaldagi vaziyatning 2018 yildagi holatdan bir nechta farqli jihatlarini sanab o‘tgan. O‘shanda pensiya islohoti va Putinni qo‘llab-quvvatlash darajasi pasayishi fonida uchta hududda Kreml nomzodlari gubernatorlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchragan edi.

Birinchidan, deydi siyosatshunos, hokimiyat cheklov va taqiqlar orqali saylovlar ustidan jamoatchilik nazoratini butunlay yo‘qqa chiqargan — kuzatuvchilarning imkoniyati keskin cheklangan. Rossiyadagi eng mashhur saylov kuzatuvchilari tashkiloti — «Golos» harakati sud qaroridan so‘ng 25 yillik faoliyatini to‘xtatganini e’lon qilganiga ham bir yil bo‘ldi. O‘shanda sud tashkilot rahbarlaridan biri Grigoriy Melkonyansni besh yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Kinevning qo‘shimcha qilishicha, saylov uchastkalarida «Golos» kuzatuvchilari soni doim partiya yoki nomzodlar vakillariga qaraganda kam bo‘lgan. Qolaversa, muqobil tomonning imkoniyatlari ham sezilarli darajada cheklangan — ular uchun bir uchastkadan boshqasiga o‘tish va o‘zaro o‘rin almashish qiyinlashgan.

Ikkinchidan, Kreml uchun vaziyat 2018 yildagiga qaraganda ancha xavfsizroq. Chunki hokimiyat istalgan odamni saylovdan chetlatish bo‘yicha keng imkoniyatlarga ega.

«Sizni istalgan kuni «xorijiy agent» deb e’lon qilishlari mumkin — ularning esa o‘z nomzodini ilgari surishi taqiqlangan. Ekstremistik ramzlarni tarqatganlik uchun jarimaga tortilish orqali ham saylanish huquqidan mahrum bo‘lish mumkin — hokimiyat esa istalgan narsani ekstremistik deb topishi hech gap emas», — deydi Kinev.

Теглар

Мавзуга оид

Kreml uchun «qizil chiroq»: Rossiya jamiyatida tashvish va ishonchsizlik kuchaymoqda | Vaqt.uz