Luksemburgdan Venagacha: Yevropa qaysi shaharlarida uy-joylar qimmat?

Бугун 14:082 дақиқа

Ro‘yxatdagi shaharlar yuqori iqtisodiy rivojlanish darajasi, uy-joyga barqaror talab va xalqaro kompaniyalarning katta ulushi bilan ajralib turadi.

Luksemburgdan Venagacha: Yevropa qaysi shaharlarida uy-joylar qimmat?

2026-yilda Yevropada turarjoy bozori hali ham mamlakat va iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab uylar va kvartiralar narxida katta farqni namoyon etmoqda. Uy-joy sotib olish uchun eng qimmat shahar — Luksemburg poytaxti bo‘ldi, eng arzon kvartiralarni esa Shimoliy Makedoniya poytaxti Skopeda topish mumkin. Bu haqda «Rational FX» tahlil kompaniyasi tadqiqotida so‘z boradi.

Yevropada eng qimmat uy-joy qayerda?

Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilda Yevropada uy-joy sotib olish uchun eng qimmat poytaxt Luksemburg bo‘lgan. Bu yerda ko‘chmas mulkning o‘rtacha narxi 961 ming yevrodan oshadi, bir kvadrat metr narxi esa 11 ming yevrodan yuqori. Kvartira sotib olish narxlari yuqori bo‘lishidan tashqari, Luksemburg ijara narxlari bo‘yicha ham Yevropada yetakchilardan biri hisoblanadi.

Tahlilchilar bu holatni bir nechta omillar bilan izohlaydi:

uy-joy taklifining cheklanganligi;

yangi qurilish uchun yer tanqisligi;

xorijiy ishchi kuchining barqaror oqimi.

Shu bilan birga, mamlakat Yevropadagi eng yuqori daromad darajalaridan biriga ham ega. Luksemburgda o‘rtacha yillik ish haqi qariyb 83 ming yevroni tashkil etadi, bu esa uni dunyoda mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yetakchilardan biriga aylantiradi.

Yevropada uy-joy narxlari bo‘yicha eng qimmat poytaxtlar uchligiga, shuningdek, Kopengagen va Bern ham kirgan.

Yevropada uy-joy sotib olish uchun eng qimmat poytaxtlar TOP-10

1

«Rational FX» ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilda turarjoy narxlari eng yuqori bo‘lgan poytaxtlar reytingi quyidagicha:

Luksemburg – o‘rtacha uy-joy narxi 961 333 yevro

Kopengagen – 916 333 yevro

Bern – 852 976 yevro

London – 794 333 yevro

Parij – 727 000 yevro

Reykyavik – 615 667 yevro

Lissabon – 576 667 yevro

Berlin – 569 333 yevro

Amsterdam – 546 667 yevro

Vena – 538 000 yevro

Reytingdan ko‘rinib turibdiki, ro‘yxatga asosan G‘arbiy va Shimoliy Yevropa poytaxtlari kirgan. Bu hududlar yuqori iqtisodiy rivojlanish darajasi, uy-joyga barqaror talab va xalqaro kompaniyalarning katta ulushi bilan ajralib turadi.

Qayerda uy-joy eng arzon?

Reytingning boshqa tomonida Bolqon mintaqasi shaharlari joy olgan. 2026-yilda Yevropada uy-joy sotib olish uchun eng arzon poytaxt – Shimoliy Makedoniya poytaxti Skope bo‘ldi. Bu yerda kvartiraning o‘rtacha narxi taxminan 65 ming yevroni tashkil etadi.

Ko‘chmas mulk narxlari eng past bo‘lgan poytaxtlar uchligiga, shuningdek, Sarayevo (taxminan 132 000 yevro) va Buxarest (qariyb 135 500 yevro) ham kirgan.

Mutaxassislar past narxlarni bir nechta omillar bilan izohlaydi:

aholi daromadlarining pastligi;

iqtisodiy rivojlanishning sekinroq sur’atda kechishi;

ko‘chmas mulkka bo‘lgan xorijiy talabning nisbatan pastligi.

O‘zbekistonda vaziyat qanday?

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qilishicha, 2026 yil fevral oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorida faollik oshgan: uy-joy oldi-sotdi bitimlari yillik hisobda 32,4 foizga ko‘payib, 29,7 mingtani tashkil etgan. Bitimlarning uchdan bir qismi poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelgan. Respublika bo‘yicha ikkilamchi uy-joy narxlari yillik hisobda o‘rtacha 9 foizga oshgan bo‘lsa-da, fevral oyida o‘sish sur’ati biroz sekinlashdi.

2

Теглар

Мавзуга оид