«Markaziy bank mustaqilligi inflyatsiyani pasaytiradi» — XVJ

Xalqaro valyuta jamg‘armasi tadqiqotiga ko‘ra, markaziy banklarning siyosiy va moliyaviy bosimlardan mustaqilligi inflyatsiyani samarali boshqarishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston bu borada ijobiy misollardan biri sifatida qayd etildi.

«Markaziy bank mustaqilligi inflyatsiyani pasaytiradi» — XVJ

Xalqaro valyuta jamg‘armasi e’lon qilgan tadqiqotda qayd etilishicha, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Kavkaz mamlakatlarida markaziy banklar inflyatsiyani boshqarish uchun siyosiy bosimlardan mustaqil bo‘lishi lozim.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, siyosiy va moliyaviy bosimlardan yaxshiroq himoyalangan mamlakatlar, ayniqsa kutilmagan vaziyatlarda inflyatsiyani samaraliroq nazorat qila oladi.

Amaliy jihatdan, markaziy banklar neft yoki oziq-ovqat narxlarida keskin o‘zgarishlarning oldini ololmaydi. Biroq ular bunday omillarning uzoq muddatli inflyatsion bosimga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

«Markaziy banklarda mustaqillikning oshishi bir yil ichida inflyatsiya darajasining o‘rtacha 0,5 foiz bandiga pasayishiga xizmat qilgan, mazkur ijobiy ta’sir esa keyingi davrlarda yanada kuchayib borgan», — deyiladi tadqiqotda.

Bunday ijobiy o‘zgarishlar esa vaqt oladi. Chunki huquqiy islohotlar sekin amalga oshiriladi yoki qonunchilikda nazarda tutilgan mustaqillik amaliyotda har doim ham to‘liq ta’minlanmaydi.

Hujjatda O‘zbekiston, Gruziya, Qozog‘iston va Armaniston misol sifatida keltirilib, ushbu mamlakatlar markaziy banklari pandemiyadan keyin inflyatsiya bosimi keskin kuchaygan davrda pul-kredit siyosatini tez va qat’iy tarzda kuchaytirgan.

Valyuta kursini qat’iy bog‘lash (peg) rejimidan foydalanadigan mamlakatlar ham inflyatsiyani nazorat qilishda nisbatan yaxshiroq natijalarga erishgan.

Xulosa qilingganda, pul-kredit siyosati tizimi zaifroq yoki budjet bosimlari yuqoriroq bo‘lgan iqtisodiyotlarda inflyatsiyani nazorat qilish ancha murakkab kechgan.

Теглар

Мавзуга оид