Markaziy bank reyestriga uchta yangi mikromoliya tashkiloti kiritildi

25.02.2026 | 10:152 дақиқа

Markaziy bank Toshkentda ro‘yxatdan o‘tgan 3 ta kompaniyani mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritdi.

Markaziy bank reyestriga uchta yangi mikromoliya tashkiloti kiritildi

Markaziy bank «OLMOS FINANCE», «OSON MOLIYA» va «PRIME SARMOYA» MCHJlarni mikromoliya tashkilotlari reyestriga kiritdi. Shu tariqa ushbu kompaniyalar rasman mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish huquqini oldi.

«OLMOS FINANCE» MCHJ

«OLMOS FINANCE» MCHJ 2025 yil 13-noyabrda tashkil etilgan bo‘lib, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan. Kompaniya direktori sifatida Xo‘jamurodov Shermuhammad Egamberdiyevich faoliyat yuritadi. U avval O‘zbekistondagi birinchi mikromoliya banki — Tayanch mikromoliya bankiga rahbarlik qilgan.

Kompaniya ta’sischilari orasida bank sohasida katta tajribaga ega mutaxassislar bor. Jumladan, ANORBANK va Hayotbankda top-menejment lavozimlarida ishlagan Zoxid Alimov hamda Kapitalbank boshqaruv raisi, ANORBANK kuzatuv kengashi raisi sifatida faoliyat yuritgan Sherzod Karimbayev teng ulushda shirkatga egalik qiladi.

«OSON MOLIYA» MCHJ

«OSON MOLIYA» MCHJ 2025 yil 12-dekabrda tashkil etilgan. Yuridik manzili Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Hamid Sulaymon MFY Muqanna 1-berk ko‘chasi 24-uy. Kompaniyaning ustav kapitali 2,1 mlrd so‘mni tashkil etadi. Direktor — Rustamov Alisher Nasredinovich.

Ta’sischilari 3 nafar jismoniy shaxs — Yakubova Gulnoza Rustamovna (50 foiz), Alimxodjayeva Djoriya Latifovna (25 foiz), Urjunseva Galina Konstantinovna (25 foiz).

«PRIME SARMOYA» MCHJ

«PRIME SARMOYA» MCHJ esa 2025 yil 22-iyulda tashkil etilgan. Yuridik manzili Toshkent shahar Sergeli tumani Xonobod MFY Beruniy 1-tor ko‘chasi 11-uy. Uning ustav kapitali ham 2,1 mlrd so‘mga teng. Direktor lavozimida Imomov Isomiddin Panjiyevich ishlaydi. Kompaniyaning yagona ta’sischisi «MINDSETTERS» MCHJ hisoblanadi.

Yangi tashkilotlarning reyestrga kiritilishi mikromoliya xizmatlari bozorida raqobatni kuchaytirishi va aholi hamda tadbirkorlar uchun moliyaviy xizmatlar qamrovini kengaytirishi kutilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид