Logo

Nasiya savdo va kredit reklamalarida tovarning yakuniy narxini ko‘rsatish majburiy bo‘ladi

Бугун 09:001 дақиқа

Moliyaviy xizmatlar va nasiya savdo reklamalarida chalg‘ituvchi va’dalar berish cheklanmoqda.

Nasiya savdo va kredit reklamalarida tovarning yakuniy narxini ko‘rsatish majburiy bo‘ladi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan kredit, muddatli to‘lov yoki nasiya savdoga oid har qanday reklamada tovarning (ishning, xizmatning) joriy qiymatiga nisbatan qancha summa qo‘shib to‘lanishi va uning yakuniy qiymati aniq ko‘rsatilishi shart etib belgilanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15-iyuldagi PQ-265-son qarorida ma’lum qilindi.

Hujjatga muvofiq, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Markaziy bank manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026 yil 1-sentabrga qadar ushbu talablarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilangan.

Moliyaviy xizmatlar reklamasidagi cheklovlar

Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra, moliyaviy xizmatlar reklamasi yoki ular haqidagi reklama tarzidagi axborotda kelgusidagi samaradorlik kafolatlariga cheklov o‘rnatiladi. Agar tegishli shartnoma tuzilayotgan paytda aniqlash mumkin bo‘lmasa, reklama qilinayotgan xizmatlarning kelgusidagi foydasi yoki samaradorligi haqida kafolatlar va va’dalar berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Avvalrok, Prezident qarori bilan 2026 yil 1-noyabrdan boshlab mobil aloqa vositalari orqali SMS-xabarnomalar yo‘li bilan tovar va xizmatlarni reklama qilish faqat shaxsning yozma yoki elektron roziligi bilan amalga oshirilishi belgilangani haqida xabar bergan edik.

Теглар

Мавзуга оид

Nasiya savdo va kredit reklamalarida tovarning yakuniy narxini ko‘rsatish majburiy bo‘ladi | Vaqt.uz