OKMK 2025-yilda deyarli 1 mlrd dollar foyda oldi

05.03.2026 | 11:502 дақиқа

Kompaniya NKMKdan keyin O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchisi hisoblanadi.

OKMK 2025-yilda deyarli 1 mlrd dollar foyda oldi

2025-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) 11,6 trln so‘m sof foyda olishga erishdi. Bu haqda Vaqt.uz'ga kompaniya moliyaviy hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

11,6 trln so‘mlik ko‘rsatkich sof foyda 2024-yilga nisbatan 50,5 foizga oshganini bildiradi. OKMK sof foydasi 2025-yildagi o‘rtacha kurs (12 576 so‘m) bilan hisoblanganda 923 mln dollarga aylanadi.

2025-yilda kompaniya foydasi so‘nggi yillardagi eng yuqori o‘sishni qayd etdi — 50,5 foiz. 2020-yildan beri foyda ko‘rsatkichi qariyb 3 barobarga oshgan.

Ma’lumot uchun, 2026-yilda davlat budjeti tushumlarining 5,2 foizi aynan OKMK to‘lagan soliqlar hisobidan shakllanishi kutilmoqda. Bu yirik soliq to‘lovchilar orasida NKMKdan keyin ikkinchi o‘rin degani.

Hukumat OKMK aksiyalarini dasltabki ommaviy chiqarilishini (IPO) 2027-yilga rejalashtirgan. Unga qadar 2026-yilda Milliy investitsiya jamg‘armasi va “NKMK”ning IPO’si bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Avvalroq OKMK 200 mln dollarlik shubhali tender amalga oshirgani haqida xabar berilgandi.

Теглар

Мавзуга оид