Oliy sud taqiqlangan internet manbalari ro‘yxatini e’lon qildi

Бугун 10:551 дақиқа

O‘zbekiston Oliy sudi ekstremizm va terrorizmga oid taqiqlangan internet manbalari ro‘yxatini yangilab, fuqarolarni xavfli kontentdan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

Oliy sud taqiqlangan internet manbalari ro‘yxatini e’lon qildi © Illyustrativ surat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 2026 yil 6-aprel holatiga ko‘ra internet tarmog‘ida taqiqlangan manbalar va kontentlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxat diniy ekstremizm, terrorchilik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan bog‘liq materiallarni qamrab oladi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur kontentlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish qonunan taqiqlangan. Bu kabi manbalar jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga tahdid sifatida baholanadi.

«Qadrli ota-onalar va yoshlar! Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzog‘iga tushib qolishdan doimo saqlaning. Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yo‘l qo‘ymang», — deyiladi Oliy sud xabarida.

Batafsil ro‘yxat bilan shuyerda tanishishsingiz mumkin.

Теглар

Мавзуга оид