Logo

O‘zbekiston Hindiston kompaniyalariga 3,4 milliard dollarlik energetika loyihalarini taklif qildi

Бугун 17:132 дақиқа

Loyihalar gidroakkumulyatsiya va issiqlik elektr stansiyalari, shuningdek, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurishni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston Hindiston kompaniyalariga 3,4 milliard dollarlik energetika loyihalarini taklif qildi © o'zbekiston 24

O‘zbekiston Hindiston kompaniyalarini umumiy qiymati $3,4 mlrd bo‘lgan beshta istiqbolli energetika loyihasida ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda energetika vaziri Sherzod Xo‘jayev O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda pudratchi sifatida faoliyat yuritayotgan hind kompaniyalarining loyihalar portfeli $2 mlrddan ортiқni tashkil etadi. Endi ularni nafaqat loyihalarni amalga oshirishga, balki investor sifatida ham jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Taklif etilgan loyihalar energetikaning turli yo‘nalishlarini qamrab oladi. Ular orasida yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari, gidroelektr stansiyalari va issiqlik elektr stansiyalarini qurish bor. Hozirda mazkur loyihalar bo‘yicha izlanish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston va Toshkent viloyatida gidroakkumulyatsiya elektr stansiyalari, Surxondaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasi qurish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Toshkent va Namangan viloyatlarini Qamchiq dovoni orqali bog‘laydigan yuqori kuchlanishli magistral tarmoq, shuningdek, Navoiy viloyatidan Toshkent viloyatigacha yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasini qurish ko‘zda tutilmoqda.

Mahalliylashtirishga e’tibor qaratiladi

Loyihalarni amalga oshirishda mahalliylashtirish masalasiga ham alohida e’tibor beriladi. Sherzod Xo‘jayevning ta’kidlashicha, ishchi kuchining asosiy qismini o‘zbekistonlik mutaxassislar tashkil etishi kerak.

Shuningdek, loyihalash ishlarining kamida 50%i mahalliy kompaniyalar tomonidan bajarilishi, mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar ulushi esa 70%ni tashkil etishi belgilangan.

“Ularda nou-xau bor, bizda esa bunday megaloyihalarni boshqarish bo‘yicha jamoalar hali to‘liq shakllanmagan. Shu sababli ularning asosiy yordami aynan shu yo‘nalishlarda bo‘ladi”, — dedi Xo‘jayev.

Теглар

Мавзуга оид