O‘zbekiston Milliy Universitetida jurnalistika va media bo‘yicha xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

Бугун 13:042 дақиқа

Tadbirda xorijiy olimlar va media ekspertlar jurnalistika ta’limi hamda media texnologiyalarining kelajagini muhokama qildi.

O‘zbekiston Milliy Universitetida jurnalistika va media bo‘yicha xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida jurnalistika, media kommunikatsiyalar va kreativ iqtisodiyotning zamonaviy tendensiyalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yoqub Ergashov ochib berdi.

Anjumanda media sohasining dolzarb masalalari muhokama qilinmoqda. Xususan, sun’iy intellekt imkoniyatlarini media ekotizimiga joriy etish, dezinformatsiyaga qarshi faktcheking texnologiyalarini rivojlantirish va jurnalistik ta’limni yangi bosqichga olib chiqish masalalari asosiy mavzulardan biri bo‘ldi.

2



Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston va xorijiy davlatlardan kelgan mutaxassislar ishtirok etdi. Ular orasida O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori Gulnora Babajanova, Xitoyning Sian Szyaotun universiteti professori Vu Feng, Jurnalistika kafedrasi mudiri Mahliyo Mirsoatova va professor Yoqutxon Mamatova ham bor.

Konferensiya doirasida oltita asosiy yo‘nalish bo‘yicha ilmiy muhokamalar tashkil etildi. Ular audiovizual va internet jurnalistikasi, media kommunikatsiyalar, axborot agentliklari faoliyati transformatsiyasi, mediasavodxonlik, sun’iy intellekt, axborot xavfsizligi, kinopublitsistika, reklama va PR strategiyalarini qamrab olgan.

photo_2026-05-08_14-20-44



Plenar yig‘ilishlarda Xitoy, Qozog‘iston, Turkiya va Rossiya olimlari ma’ruza qildi. Universitet rahbariyatiga ko‘ra, anjuman jurnalistika ta’limida yangi akademik standartlarni shakllantirish va O‘zMUning xalqaro ilmiy maydondagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida ilmiy materiallar Google Scholar va Research Bib kabi xalqaro bazalarda DOI raqami bilan indeksatsiya qilinishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti QS reytingida dunyoning top-1000 universiteti qatoriga kirgan. Universitet “Arxeologiya”, “Matematika”, “Lingvistika” hamda “Fizika va astronomiya” yo‘nalishlari bo‘yicha ham yuqori natijalarni qayd etgan.

Теглар

Мавзуга оид