O‘zbekiston narkotrafikka qarshi sun’iy intellekt platformasini yaratishni taklif qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Samarqanddagi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi.

O‘zbekiston narkotrafikka qarshi sun’iy intellekt platformasini yaratishni taklif qildi © Saida Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi

Prezident Adminstratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan «Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish» mavzusidagi xalqaro forum doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishdi.

Ekspozitsiyada uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kompleks kurashishda qo‘llaniladigan eng zamonaviy raqamli texnologiyalar, texnik vositalar va maxsus uskunalar namoyish etildi.

«Forum doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishdik. Unda uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kompleks kurashishda qo‘llaniladigan zamonaviy raqamli texnologiyalar, texnik vositalar va maxsus uskunalar namoyish etildi», - deya yozdi Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Unga ko‘ra, ko‘rgazmada O‘zbekiston ishtirokchi-davlatlar uchun narkotrafik, xavfli yuklar va transmilliy jinoyatchilikni tezkor kuzatib borish imkonini beruvchi yagona sun’iy intellekt platformasini yaratish tashabbusini ilgari surgan.

Мавзуга оид