O‘zbekistonda 4 kunlik sel xavfi e’lon qilindi
2–5-iyun kunlari kutilgan yomg‘ir sabab O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel hamda suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

«O‘zgidromet» 2–5-iyun kunlari respublika hududining ayrim qismlarida kuchli yomg‘ir kuzatilishi ehtimoli tufayli sel-suv toshqinlari xavfi haqida rasmiy ogohlantirish e’lon qildi.
Quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida; Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida; Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
O‘zgidromet tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi. Idora ma’lumotiga ko‘ra, respublika bo‘ylab yomg‘ir suvlarining to‘planishi ayrim hududlarda suv bosish holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois aholiga ob-havo ma’lumotlarini muntazam kuzatib borish va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish tavsiya etildi.





