Logo

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday haroratda o‘tadi?

Бугун 13:251 дақиқа

O‘zgidromet 20-21-iyun kunlari mamlakat hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday haroratda o‘tadi? © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida konvektiv bulutlilik rivojlanishi hisobiga, mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Markaziy va sharqiy viloyatlarda havo harorati +31...+34 daraja atrofida, janubda +37...+40 darajagacha bo‘ladi – bu iyun oyining ikkinchi yarmi uchun iqlim me’yorlari atrofidadir.

Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida va cho‘l zonasida ushbu kunlarda havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni havo +39...+42 darajagacha isiydi.

Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida 19-21-iyun kunlari kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi +31...+34 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12-15 mergacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Теглар

Мавзуга оид