O‘zbekistonda elektr energiyasi qimmatligi haqidagi fikrni Energetika vazirligi rad etdi

Бугун 15:472 дақиқа

Vazirlikka ko‘ra, O‘zbekistondagi elektr energiyasi narxlari jahondagi eng arzon ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, aholi o‘rtasida tariflar avvaldan yuqori bo‘lgani haqidagi qarashlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

O‘zbekistonda elektr energiyasi qimmatligi haqidagi fikrni Energetika vazirligi rad etdi © Shutterstock

«UzReport TV» kanalining «Huquqiy nigoh» ko‘rsatuvi jurnalisti Sevara O‘rinboyeva Energetika vazirligi mas’ullaridan O‘zbekistonda energiya tariflari shusiz ham yuqori bo‘lgani holda nima uchun yana oshirilganini so‘radi.

Vazirligi bosh mutaxassisi Nasibulla Muhammadjonov savolga javob berar ekan, mamlakatdagi energiya narxlari dunyodagi eng arzon top-20 davlatlar qatoriga kirishini aytdi.

«Men bu fikrni ma’lum ma’noda noto‘g‘ri deb hisoblayman. Chunki globalelectric.org saytiga kirib ko‘rsangiz, O‘zbekistondagi energiya narxlari dunyodagi eng arzon top-20 davlatlar qatoriga kirishini ko‘rasiz. Ya’ni bizda, O‘zbekistonda elektr energiyasining o‘rtacha narxi 4-5 sentni tashkil qiladi. Xalqimizning „shunsiz ham yuqori edi, yana oshirildi“ degan fikrini to‘g‘rilash uchun bunga to‘g‘ri izoh berish kerak», — dedi u.

photo_2026-05-31_15-48-04

Elektr energiyasi tannarxi qanday shakllanadi?

Nasibulla Muhammadjonovga ko‘ra, elektr energiyasining narxi quyidagi uchta asosiy xarajatdan iborat:

• Issiqlik elektr stansiyalarida (IES) yonilg‘i sarfi va energiya ishlab chiqarish xarajatlari.

• Energiyani «A» nuqtadan «B» nuqtagacha yetkazib berish, ya’ni transportirovka xarajatlari.

• Transformator punktlari, podstansiyalar va liniyalarga xizmat ko‘rsatish xarajatlari.

Shuningdek, u hozirgi kunda aholiga bazaviy me’yor doirasida berilayotgan elektr energiyasining sotish narxi uni ishlab chiqarish tannarxidan ancha arzon ekanligi, o‘rtadagi ushbu farq esa davlat budjeti tomonidan qoplab berilayotganini ta’kidladi.

Tadbirkorlarga uzilishlar uchun kompensatsiya to‘lanadimi?
Podkast davomida elektr ta’minotidagi uzilishlar sababli tadbirkorlarning mahsuloti buzilganda kompensatsiya to‘lanishi masalasiga ham oydinlik kiritildi. Vazirlar Mahkamasining 319-sonli qaroriga asosan, iste’molchilarga (tadbirkorlarga) elektr tarmog‘iga ulanishdan oldin texnik shartlar beriladi. Unga ko‘ra:

• Ikkinchi toifadagi iste’molchilar uchun bir-biridan mustaqil ikkita alohida tarmoq tortilgan bo‘lishi kerak.

•Korxonada qo‘shimcha dizel generatori zaxira sifatida turishi shart.

photo_2026-05-31_15-48-11

Agar korxonada zaxira tarmoq yoki generator bo‘lmasa va texnik shart talablari bajarilmasa, «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan ularni tarmoqqa ulashga ruxsat berilmaydi. Avariya holatlarida obyekt avtomatik ravishda ikkinchi tarmoqqa o‘tishi belgilangan. Agar bu amalga oshmasa, uzilishlar tadbirkorning texnik shartlarga amal qilmaslik oqibati sifatida baholanadi.

Теглар

Мавзуга оид