Logo

O‘zbekistonda elektromobillar soni 109 mingtaga yetdi : bozor qanday o‘zgaryapti?

Бугун 11:552 дақиқа

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan elektrmobillar soni 2 barobarga oshdi. Xususan,  ularning 4 tadan 3 tasi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistonda elektromobillar soni 109 mingtaga yetdi : bozor qanday o‘zgaryapti? © Bloomberg

2026 yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, mamlakatda jami 109 ming 200 ta elektromobil ro‘yxatga olingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 52 ming 368 taga oshgan. Ushbu ko‘rsatkich esa elektromobillarga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida

Poytaxtda elektromobillar soni 79 ming 900 tani tashkil qildi. Bu respublikadagi umumiy ko‘rsatkichning qariyb 73 foiziga teng. Boshqacha aytganda, mamlakatdagi har to‘rtta avtomobilning uchtasi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.

1

Jadval Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi

Hududlar kesimida keyingi o‘rinni Toshkent viloyati 8 ming 200 ta elektromobil bilan egallasa,  Samarqand viloyati esa 4 ming 500 ta bilan uchinchi o‘rinda.

Shuningdek, qolgan viloyatlarda esa avtomobillar soni 500 tadan 3000 tagacha yetadi. Eng kam elektromobil Surxondaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, ularning soni 315 tani tashkil qildi.

Elektromobillar sonidagi bunday tafovutni poytaxtda zaryadlash infratuzilmasini rivojlanganligi hamda transport vositalari savdosi va servisiga ixtisoslashgan korxonalar ko‘proq ekanligi ham sabab bo‘lishi mumkin.

2 yarim yil ichida elektromobillar savdosi qanchaga o‘sdi?

 

2

Jadval Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi

 

Yillik hisobda savdolar o‘sishi respublikadagi deyarli barcha hududlarda kuzatildi. Shuningdek, joriy yilning yanvar-aprel oylarida mamlakatimizga 23 ming 079 dona elektromobil olib kirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5 ming 863 dona ko‘p degani. Ya’ni elektromobillar importi 2026 yilga nisbatan 4 barobarga oshgan.

Olib kirilgan elektromobillarning umumiy qiymati 309 mln 300 ming dollarni tashkil qiladi.  Bitta elektromobilning o‘rtacha import narxi taxminan 13,4 ming dollar atrofida shakllangan.

Aprel oyida esa elektromobillar savdosi 8,1 ming donani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga ko‘p degani. Elektromobillarning tez suratlarda o‘sishi bozorda talab ning yuqoriligini ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, so‘nggi yillarda elektr transport vositalari narxlarinining nisbatan arzonlashishi va modellar tanlovining kengayishi xaridorlar qiziqishini oshirmoqda.

Yillik hisobda savdolar o‘sishi respublikadagi deyarli barcha hududlarda kuzatildi. Faqat Samarqand viloyatida bozor faolligi o‘tgan yilga nisbatan 34 foizga kamaygan.

Eng yuqori savdo hajmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi. Poytaxtda 5 minga 560 tadan ortiq elektromobil sotildi. Shu tariqa, mamlakat elektromobillar bozorining qariyb 70 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hududlar orasida Toshkent va Farg‘ona viloyatlari yetakchilik qildi. Mazkur hududlarda mos ravishda 573 ta va 464 ta elektromobil sotilgan.

Umuman olganda, O‘zbekistonda elektromobillar soni, importi va savdosidagi o‘sishi hali ham talab yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda. Bozorning keyingi o‘sishi esa katta ehtimol bilan zaryadlash stansiyalari tarmog‘i va servislar imkoniyati kengayishi bilan bog‘liq.

Теглар

Мавзуга оид