Logo

O‘zbekistonda yarim yilda 2,3 mingga yaqin YTH sodir bo‘ldi

Бугун 09:521 дақиқа

2026 yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonda 2 286 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Eng ko‘p YTH Toshkent shahrida, eng kami esa Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan.

O‘zbekistonda yarim yilda 2,3 mingga yaqin YTH sodir bo‘ldi © Ijtimoiy tarmoqlar

2026 yilning yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonda jami 2 286 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilib, ushbu hodisalar oqibatida 3 306 nafar kishi jabrlangan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Hududlar kesimida eng ko‘p YTH Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda olti oy davomida 420 ta yo‘l-transport hodisasi ro‘yxatga olingan.

Ikkinchi o‘rinda Samarqand viloyati joylashgan bo‘lib, bu yerda 311 ta YTH sodir bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarni Toshkent viloyati (271 ta), Farg‘ona viloyati (218 ta) va Namangan viloyati (196 ta) egallagan.

Statistikaga ko‘ra, eng kam yo‘l-transport hodisasi Buxoro viloyatida qayd etilgan — 48 ta. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida 50 ta, Jizzax viloyatida 75 ta, Navoiy viloyatida 83 ta va Xorazm viloyatida 85 ta YTH ro‘y bergan.

Qolgan hududlardagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 114 ta;

Surxondaryo viloyati — 120 ta;

Qashqadaryo viloyati — 135 ta;

Andijon viloyati — 160 ta.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi holatiga ko‘ra, jarima ballari 12 baldan oshgan haydovchilar soni 671 nafarga yetgan.

Теглар

Мавзуга оид