O‘zbekistonliklar texnika ta’miriga qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi

27.02.2026 | 14:361 дақиқа

2025 yilda O‘zbekistonda maishiy texnika va komputer ta’miri xizmatlari hajmi 14,4 trln so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekistonliklar texnika ta’miriga qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi

2025 yilda O‘zbekistonda komputerlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 2024 yilga nisbatan 20,7 foizga ko‘p bo‘lib, soha barqaror o‘sish bosqichiga kirganini ko‘rsatadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Tahlillarga ko‘ra, xizmatlar hajmining ortishi aholi daromadlarining o‘sishi, maishiy texnikadan foydalanish darajasining kengayishi hamda yangi uskunalar narxining qimmatlashuvi bilan izohlanmoqda. Bu esa ta’mirlash xizmatlariga bo‘lgan talabni kuchaytirgan.

Eng yuqori ko‘rsatkich

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatida qayd etildi — 1,8 trln so‘m. Shuningdek, Toshkent shahrida 1,7 trln so‘m, Toshkent viloyati va Farg‘ona viloyatida 1,5 trln so‘mdan xizmat ko‘rsatilgan. Qashqadaryo viloyatida bu raqam 1,4 trln so‘mni tashkil etdi.

Namangan viloyatida 1,1 trln so‘m, Xorazm viloyatida 995,1 mlrd so‘m, Andijon viloyatida 987,4 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 838,8 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 796,5 mlrd so‘m, Surxondaryo viloyatida 781,7 mlrd so‘m qayd etildi.

Eng past ko‘rsatkich

Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida — 254,4 mlrd so‘m. Navoiy viloyatida 344,3 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida esa 468,2 mlrd so‘mlik xizmatlar amalga oshirilgan. Umuman olganda, soha barcha hududlarda o‘sish dinamikasini namoyon etmoqda.

Теглар

Мавзуга оид

O‘zbekistonliklar texnika ta’miriga qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi | Vaqt.uz