O‘zbekistonning 9 hududida sel xavfi e’lon qilindi

14–17-aprel kunlari yomg‘ir yog‘ishi kuchayishi ortidan tog‘li hududlarda sel xavfi ortishi kutilmoqda, aholi ehtiyotkorlikka chaqirildi.

O‘zbekistonning 9 hududida sel xavfi e’lon qilindi

«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, 14–17-aprel kunlari O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib kelishi natijasida yomg‘ir kuzatilishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan respublikadagi tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;

Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.

«Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Теглар

Мавзуга оид