Logo

O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi o‘zgardi

Бугун 21:141 дақиқа

Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Nuriddin Mamajonov O‘zbekistonning Belarusdagi yangi elchisi bo‘ldi.

O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi o‘zgardi © Foto: dunyo.info

O‘zbekistonning Belarusdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nuriddin Mamajonov Minsk shahriga yetib bordi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tayinlovga qadar u Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

45 yoshli Nuriddin Mamajonov Tashqi ishlar vazirligining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Chexiyadagi Bogemiya markaziy universitetini tamomlagan.

Shuningdek, Pragadagi Yevropa amaliy fanlar va menejment institutining biznes boshqaruvi doktori (DBA) darajasiga ega.

U mehnat faoliyati davomida Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligida, shuningdek, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi hamda Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasida turli lavozimlarda ishlagan.

2022–2023 yillarda O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Nuriddin Mamajonov 2024–2026 yillarda O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Rahmatulla Nazarov o‘rnini egallagan.

Теглар

Мавзуга оид