O‘zbekistonning ishchi kuchi hajmi e’lon qilindi

Бугун 18:401 дақиқа

Statistikaga ko‘ra, aholining asosiy qismini mehnatga layoqatli yoshdagilar tashkil etmoqda.

O‘zbekistonning ishchi kuchi hajmi e’lon qilindi

2026 yil boshida O‘zbekiston aholisining asosiy qismini mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar tashkil etdi. Ularning umumiy soni 21,3 million nafarga yetgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Hisobotga ko‘ra, mamlakatning doimiy aholisi 38,2 million kishini tashkil qilgan. Shundan mehnatga layoqatli yoshdagilarning ulushi 55,8 foizga teng bo‘lgan.

Yoshlar ulushi yuqori

Statistikaga ko‘ra, mehnatga layoqatli yoshdan kichik aholi soni 12,3 million nafarni tashkil etgan. Bu mamlakat aholisining 32,1 foiziga teng.

Shu bilan birga, mehnatga layoqatli yoshdan katta aholi soni 4,6 million nafarga yetgan. Ularning ulushi umumiy aholining 12,1 foizini tashkil qilgan.

O‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish

Ma’lumotlar mehnatga layoqatli aholi ulushida biroz pasayish kuzatilganini ham ko‘rsatmoqda. 2025 yil 1-aprel holatida mamlakatning 37,7 million nafar doimiy aholisining 21,1 millioni mehnatga layoqatli yoshda bo‘lgan.

O‘shanda mazkur toifa aholining 56 foizini tashkil etgan edi. Yangi hisobotda esa bu ko‘rsatkich 55,8 foizga tushgan.

Теглар

Мавзуга оид