O‘zgidromet harorat yanada ko‘tarilishidan ogohlantirdi
18−20-iyul kunlari O‘zbekistonga janubdan juda issiq havo oqimi kirib kelishi davom etadi. Ayrim hududlarda harorat +48 darajagacha ko‘tariladi.
© Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva18−20-iyul kunlari O‘zbekistonga janubdan juda issiq havo oqimi kirib kelishi davom etadi, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Ma’lum qilinishicha, hududlarda issiq +43...+45 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +46...+48 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Shuningdek, respublika bo‘yicha shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha, ba’zida 20-22 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vaqt.uz jaziramadan saqlanish uchun nimalar qilish kerakligi haqida ma’lumot bergan edi.





