Logo

Payme 2025 yilda 390 mlrd so‘m sof foyda oldi

Бугун 13:141 дақиқа

Kompaniya o‘sishda davom etib, foydasi 42,2 foizga, daromadi 56,4 foizga ko‘paydi.

Payme 2025 yilda 390 mlrd so‘m sof foyda oldi

2025 yilda Payme to‘lov tashkiloti sof foydasini 42,2 foizga oshirib, 390 mlrd so‘mga yetdi. Bu haqda bank moliyaviy hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

Kompaniyaning sof tushumi 56,4 foizga ko‘paydi va 769,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Bu Payme faol o‘sishda davom etayotganini ko‘rsatadi.

Payme daromadining katta qismini foyda sifatida saqlab qolmoqda. Kompaniya 769,7 mlrd so‘m daromad olgan bo‘lsa-da, mahsulot va xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar 191,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Natijada yalpi foyda 46,7 foizga o‘sib, 578,3 mlrd so‘mga yetdi. Kompaniya tushgan har 100 so‘m daromadning qariyb 75 so‘mini tannarxni qoplagandan keyin saqlab qolmoqda. Bu fintex uchun yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

2026 yilda ham foyda o‘sishda davom etmoqda

Payme to‘lov tashkilotining moliyaviy ko‘rsatkichlari 2026 yilning I choragida ham yaxshilanishda davom etdi.

Kompaniya uch oy davomida daromadini 52,3 foizga oshirib, 230 mlrd so‘mga yetkazishga erishdi. Sof foyda esa bu davrda 49,6 foizga o‘sdi va 104 mlrd so‘mni tashkil qildi.

I chorak natijalari bo‘yicha Payme Paynet kompaniyasidan ortda qolgan bo‘lsa, Click'dan ko‘proq foyda olgan.

Payme to‘lov tashkiloti TBC Uzbekistan ekotizimining bir qismi hisoblanadi. TBC Group to‘lov tashkilotini 2023 yilda to‘liq sotib olgandi.

O‘shanda TBC Payme'ning 49 foiz ulushi uchun 55,7 mln dollar to‘lagandi. Qolgan 51 foizlik ulush esa 2019 yilda xarid qilingan.

Теглар

Мавзуга оид