Pedagoglar farzandlariga kontrakt bo‘yicha 30 foiz chegirma berilishi mumkin
Davlat oliygohlarida kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan pedagoglar farzandlariga kontrakt to‘lovi uchun 30 foizlik chegirma berish rejalashtirilmoqda.
© «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasiQaror loyihasiga ko‘ra, imtiyoz davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichida kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga tatbiq etiladi. Chegirma har o‘quv yilida bir marta qo‘llanilishi belgilangan.
Chegirma:
Faqat davlat OTMlari uchun;
Kunduzgi ta’lim shaklida;
Bakalavriat bosqichida;
Har o‘quv yilida bir marta qo‘llaniladi.
Imtiyozni olish uchun talabalar yoki ularning ota-onalari har yili onlayn ariza topshirishi kerak bo‘ladi. Hozircha qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi bosqichida ekani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 20-aprel soat 14:00 dan boshlab oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega pedagoglarga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar uchun qabul ochilgan. Vaqt.uz qanday qilib subsidiya olish va nimalarga e’tibor qaratish haqida tushuntirgan edi.
O‘qituvchilar uchun subsidiya Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi qarori bilan ajratilmoqda. Nizom bo‘yicha subsidiya ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foiz qismini qoplab berish uchun beriladi.
Subsidiya bu davlat tomonidan ajratiladigan, qaytarilishi shart bo‘lmagan mablag‘ turi hisoblanadi.
Ariza bo‘yicha barcha baholashlar, (staj, toifa, uy-joyi bor-yo‘qligi) subsidiya.idm.uz platformasida inson omilisiz amalga oshiriladi.





