“Poraxo‘rlik, nepotizm, ishxonada ishq” — Samarqandda amaldorlarga nima bo‘lyapti? | Fikr vaqti
So‘nggi vaqtlarda Samarqand viloyatida ayrim amaldorlar bilan bog‘liq poraxo‘rlik, nepotizm va xizmat odobiga zid holatlar haqidagi xabarlar ko‘paydi. Bu holatlar nimadan dalolat beradi — boshqaruvda tartib bo‘shashganmi yoki nazorat kuchaygani uchun shunday holatlar ko‘proq ochiqlana boshladimi?
Yangi dastur sarlavhasidanoq tushunib ulgurdingiz: bugun Samarqand viloyatidagi katta-kichik amaldorlar bilan sodir bo‘layotgan va ko‘payib borayotgan noxush holatlar haqida gaplashamiz.
Bilasiz, oxirgi vaqtlarda bu viloyat amaldorlarining ba’zilari iqtidorli bolalar uchun mo‘ljallangan tadbirga o‘z farzandini yuborgani, rasmiy delegatsiyalar tarkibiga ayoli, farzandi va hatto haydovchisini qo‘shib yuborgani, pora bilan qo‘lga tushgani, ish joyida ishqiy munosabat bilan qo‘lga tushgani kabi salbiy hikoyalarda qahramon bo‘lib chiqdi.
Shularni o‘qirkansiz, savol tug‘iladi: Samarqand viloyatidagi rahbar kadrlar bilan bog‘liq bu kabi holatlar nimani anglatadi? Viloyatda tartib bo‘shashib ketdimi yoki aksincha, nazorat kuchayganining belgisimi bu? Umuman, mansabdorlarning mas’uliyati va axloqiy me’yorlari ustidan nazorat bugun qanday ahvolda?
Dastur davomida shu va boshqa savollarni samarqandlik jurnalist Anvar Mustafoyev va huquq himoyachisi Mirzo Subxonov bilan muhokama qildik.
Теглар






