Logo

Putin va Tramp qariyb 90 daqiqa telefonda suhbatlashdi

Kecha, 4-iyul kuni AQSH mustaqilligi deklaratsiyasining 250 yilligi munosabati bilan ikkala davlat rahbarlari telefon orqali muloqot qildi. Bu Putin va Tramp o‘rtasidagi joriy yildagi to‘rtinchi telefon muloqoti hisoblanadi.

Putin va Tramp qariyb 90 daqiqa telefonda suhbatlashdi © Kollaj

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH rahbari Donald Tramp qariyb 90 daqiqa davomida suhbatlashgan.

Vazirlik ushbu muloqotni «ishchan va juda konstruktiv» deb baholadi.
Suhbat avvalida Vladimir Putin Donald Trampni va butun Amerika xalqini AQSH mustaqilligi deklaratsiyasining 250 yilligi bilan shaxsan tabriklagan. Shundan so‘ng rahbarlar Ukraina inqiroziga to‘xtalishgan. Unda Donald Tramp Ukrainadagi harbiy harakatlarni iloji boricha tezroq to‘xtatishga yordam berishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlagan.

O‘z navbatida, Rossiya tomoni mojaroni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal qilish afzalligini eslatib o‘tgan, biroq Kiyev va uning yevropalik hamkorlari urushni uzaytirish hamda keskinlashtirishga umid qilayotganini ta’kidlagan.

Shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham shanba kuni Donald Tramp bilan juda yaxshi telefon suhbati o‘tkazganini ma’lum qilgan.

Теглар

Мавзуга оид