«Qanday inson huquqlari?»: Lukashenko Tramp siyosati haqida gapirdi

Кеча 22:151 дақиқа

Uning fikricha, amerikaliklar bemalol, hatto to‘kin yashashi, milliardlar ishlab topishi uchun insonlar halok bo‘lmoqda.

«Qanday inson huquqlari?»: Lukashenko Tramp siyosati haqida gapirdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko AQSH prezidenti Donald Trampning siyosati va Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida fikr bildirdi. Lukashenko matbuot xizmatiga yaqin bo‘lgan «Pul Pervogo» Telegram-kanali uning fuqarolar oldidagi chiqishi videoyozuvini e’lon qildi.

«Trampga, Amerikaga bir qarang. Nima uchun uning siyosatini ma’qullayman, deb aytyapman — albatta, buni ma’lum ma’noda hazil bilan aytyapman. U hamma narsani boricha, ochiq-oydin ko‘rsatib qo‘ydi. U ko‘rsatdiki... Qanday inson huquqlari? Qanday demokratiya? Aslida hammasi neft uchun!

Shu maqsad yo‘lida odamlarni o‘ldiradi, raketalar bilan hujum qiladi, hech narsadan qaytmaydi. Amerikaliklar u yerda bemalol, hatto to‘kin yashashi, milliardlar ishlab topishi uchun insonlar halok bo‘lmoqda.

Bu bizning yo‘limiz emas, biz siyosatimizni bunday asosga qura olmaymiz. Lekin biz qachonlardir bizda ham shunday tizim bo‘lishini istagan kimsalarning asl yuzini ko‘rdik. Bizda faqat siz qanday qaror qilsangiz, shunday bo‘ladi. Agar ulardagidek hayotni istasangiz — marhamat. Islohotlar kerak bo‘lsa, men sizga bir kunda islohot qilib berishim mumkin. Men buni o‘rganganman, bu ish qo‘limdan keladi», — dedi Aleksandr Lukashenko.

Теглар

Мавзуга оид