Logo

Qirg‘izistonda raqamli to‘lovlar va QR-kodlar soni oshmoqda

Bu haqda mamlakat Milliy banki raisi Almaz Baketayev parlament yig‘ilishida ma’lum qildi.

Qirg‘izistonda raqamli to‘lovlar va QR-kodlar soni oshmoqda

Qirg‘izistonda 2025 yilda muomaladagi bank to‘lov kartalari soni 9,9 million donani tashkil etdi. Bu haqda mamlakat Milliy banki raisi Almaz Baketayev parlament yig‘ilishida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir yil davomida bank to‘lov kartalari soni 7,9 foizga oshgan.
 

«Shuningdek, mamlakatda bankomatlar soni 1,8 foizga, POS-terminallar soni 1,9 foizga, to‘lov terminallari soni 3,4 foizga va elektron hamyonlar soni 1,9 foizga ko‘paydi», — dedi Baketayev.

Bundan tashqari, o‘tgan yili Qirg‘izistonda QR-kodlar orqali jami 578,9 million so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan. Milliy bank raisining ta’kidlashicha, mamlakatda to‘lov tizimlarini raqamlashtirish jarayoni jadal sur’atlarda davom etmoqda. Savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari, shuningdek davlat va mahalliy muassasalarda 114,1 mingta QR-kod o‘rnatilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘pdir.

Теглар

Мавзуга оид