Logo

Qozog‘istonda Qurultoyga ilk saylov boshlandi

Бугун 13:151 дақиқа

Mamlakatning yangi konstitutsiyasiga muvofiq, 1-iyuldan boshlab Senat tugatilgandi va uning o‘rniga bir palatali Qurultoy tashkil etilgandi.

Qozog‘istonda Qurultoyga ilk saylov boshlandi © Nur.kz

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, soat 07:00 holatiga respublikadagi 20 ta hududda 10 ming 363 ta saylov uchastkasida ovoz berish boshlangan. Yana 107 ta uchastkada hududiy saylov komissiyalari qaroriga asosan ovoz berish soat 06:00 da boshlangan. Shuningdek, 16 ta xorijiy davlatdagi 19 ta saylov uchastkasida ham ovoz berish start olgan.

1


Mamlakat bo‘yicha jami 10 ming 423 ta saylov uchastkasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 79 tasi 61 ta xorijiy davlatda joylashgan.

Saylovchilar ro‘yxatiga 12 mln 605 ming 788 fuqaro kiritilgan. Ulardan 17 ming 132 nafari o‘z yashash hududidan tashqarida ovoz berish uchun maxsus guvohnoma olgan.

2


Markaziy saylov komissiyasi soat 10:00 holatiga saylovchilarning faolligi haqida ham ma’lumot berdi. 2 mln 264 ming 411 saylovchi byulleten olgan, bu saylovchilar ro‘yxatiga kiritilganlarning 17,96 foizini tashkil qiladi. Eng yuqori saylovchilar faolligi Qizilo‘rda viloyatida — 22,91 foiz qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkich esa Olmaota shahrida — 9,96 foizni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1-iyul kuni Qozog‘istonda 2026-yil 15-mart kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida qabul qilingan mamlakatning yangi konstitutsiyasi kuchga kirgandi. Yangi konstitutsiyaga muvofiq, 1-iyuldan boshlab Senat tugatildi va uning o‘rniga bir palatali Qurultoy tashkil etildi.

Shu bilan birga, vitse-prezident lavozimi ham ta’sis etildi. Prezidentning ko‘rsatmalariga binoan, vitse-prezident davlat idoralari bilan o‘zaro munosabatlarda prezident tomonidan belgilangan funksiyalarni bajaradi.

Теглар

Мавзуга оид

Qozog‘istonda Qurultoyga ilk saylov boshlandi | Vaqt.uz