Logo

QQSning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish uchun qariyb 5 mingta ariza qabul qilindi

Бугун 08:002 дақиқа

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini tanlash imkoniyati berilgan.

QQSning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish uchun qariyb 5 mingta ariza qabul qilindi

Tadbirkorlik subyektlaridan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish bo‘yicha 5 601 ta xabarnoma kelib tushgan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Arizalarning aksariyati ma’qullangan

O‘rganish natijalariga ko‘ra, yuborilgan xabarnomalarning 4913 tasi qabul qilingan.

Shu bilan birga, 352 ta xabarnoma belgilangan talablarga mos kelmagani sababli rad etilgan. Yana 336 ta xabarnoma esa tadbirkorlarning o‘zi tomonidan shaxsiy kabinet orqali bekor qilingan.

Soliq qo‘mitasining aniqlik kiritishicha, arizasi rad etilgan tadbirkorlar asosiy faoliyat turini aniqlashtirib, biriktirilgan soliq inspektoriga murojaat qilishlari va xabarnomani qayta topshirishlari mumkin.

Soddalashtirilgan tartib qanday ishlaydi?

Shuningdek, qo‘mita soddalashtirilgan rejimni qo‘llash shartlarini eslatib o‘tdi.

- QQS stavkasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha barcha aylanmalarga nisbatan 6 foiz etib belgilanadi;
- Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqi berilmaydi;
- QQS bo‘yicha mavjud imtiyozlar, preferensiyalar va to‘langan soliqning bir qismini qaytarib berish tartibi qo‘llanilmaydi;
- QQSning mavjud salbiy farq summasi hisobdan chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini tanlash imkoniyati berilgan.

Mazkur tartibdan davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalar hamda yirik soliq to‘lovchilar foydalana olmaydi. Tadbirkorlar ushbu tizimga o‘tish uchun «my.soliq.uz» orqali shaxsiy kabinetidan xabarnoma yuborishi lozim.

Теглар

Мавзуга оид

QQSning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish uchun qariyb 5 mingta ariza qabul qilindi | Vaqt.uz