Logo

Saida Mirziyoyeva Qatar davlati amiri bilan uchrashdi

Uchrashuv kun tartibidan davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish o‘rin olgan.

Saida Mirziyoyeva Qatar davlati amiri bilan uchrashdi © Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida Administratsiyasi rahbari Qatar amiriga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

«Muloqot chog‘ida o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildik. Shubhasiz, mamlakatlarimiz o‘rtasida mushtarak manfaatlar hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud», - deya yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.

Теглар

Мавзуга оид