Logo

Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyati bilan tanishdi

Кеча 18:391 дақиқа

Maktab-internatdagi o‘quv jarayonida asosiy e’tibor STEM yo‘nalishiga, xususan, matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalariga qaratilgan.

Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyati bilan tanishdi © Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Bugun, 15-sentabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur dargohda 260 nafardan ziyod iqtidorli o‘g‘il-qiz ta’lim olishni boshlagan.

O‘quv jarayonida STEM yo‘nalishiga — matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Bolalar bu fanlarni chuqur o‘zlashtirish barobarida loyihalar ustida ishlaydilar, bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilib, mustaqil tadqiqotlar olib boradilar. Xorijiy tillardan ingliz va xitoy tillari kuchaytirilgan tartibda o‘qitiladi.

Shu bilan birga, o‘quv dasturining salmoqli hamda muhim qismi ona tili, O‘zbekiston tarixi, adabiyoti va madaniyatiga ajratilgan.

«Yoshlarga zamonaviy ta’lim berib, kelajagi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochar ekanmiz, ayni paytda ularga vatan tuyg‘usi, o‘zligi va milliy madaniyati bilan bog‘liqlikni doimiy singdirib borish zarur  — menimcha, ta’limda eng to‘g‘ri yondashuv shu», - deya yozdi Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.

Теглар

Мавзуга оид