Samarqandda transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro forum boshlandi

Бугун 19:151 дақиқа

Mirziyoyeva mazkur xalqaro forum ishtirlkchilariga Prezident murojaatini o‘qib eshittirdi.

Samarqandda transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro forum boshlandi © Saida Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi

Bugun Samarqand shahrida butun jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb mavzulardan biriga bag‘ishlangan «Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish» mavzusidagi xalqaro forum o‘z ishini boshladi.

Prezident Adminstratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva forum ishtirokchilariga — 50 dan ortiq davlat vakillari, 500 dan ziyod xalqaro ekspert va mutaxassislar, shuningdek, BMT, Interpol, Yevropa Ittifoqi, MDH va SHHT kabi yetakchi xalqaro tashkilotlar delegatlariga Prezident Shavkat Mirziyoyevning murojaatini yetkazdi.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning murojaatini yetkazish men uchun katta sharaf bo‘ldi», - deya yozdi Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ushbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari maxsus ta’sis etilgan «Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Теглар

Мавзуга оид