Sizga bepul karta kerakmi?
Eshitdingizmi? Joriy yil 1-apreldan boshlab ayrim to‘lovlar bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali qabul qilinadi.

Bu amaliyot siz-u biz uchun foydalidir. Negaki, u hisob-kitoblar shaffofligi, fuqarolar uchun qulaylik yaratish va moliyaviy operatsiyalar xavfsizligini oshirishga qaratilgan. Naqdsiz to‘lov tartibi:
davlat xizmatlari;
kommunal xizmatlar;
oziq-ovqat mahsulotlari;
avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari xizmatlari;
25 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan yirik xaridlarda qo‘llaniladi.
Sizda hali ham bank kartasi yo‘qmi? Tashvishlanmang! «Trastbank» bir qator kartalarni bepul rasmiylashtirib bermoqda.
Ko‘plab qulayliklarni taqdim etuvchi «Uzcard» va «Humo» kartalari, qolaversa, farzandingizga ishonchli nazoratingiz ostida moliyaviy mustaqillikni o‘rganishida yordam berishingiz uchun «UzCard kids» kartasi, shuningdek, «MasterCard Gold», «MasterCard Standart» xalqaro to‘lov kartalarini bepul oling.
Darvoqe, «Trastbank» kartalariga ega mijozlar «Trastpay» mobil ilovasi orqali bir oy davomida 10 mln so‘mgacha pul o‘tkazmalarini hech qanday komissiyasiz amalga oshirishlari mumkin.
Faqat ogoh bo‘ling, kartangiz ma’lumotlarini hech kimga oshkor qilmang. Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang!
Telegram: @trustbankuz
Savollaringiz bo‘lsa, 1287 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.





