Logo

Sovet nostalgiyasidan Kreml bayonotigacha: «Hakimov ishi» o‘zbek jamiyatiga nimani ko‘rsatib berdi? | Fikr vaqti

Кеча 21:341 дақиқа

Bloger Aziz Hakimovga o‘qilgan hukm O‘zbekistondagi mafkuraviy bo‘linish va Moskva reaksiyasi fonida axborot boshqa qator masalalarni ham kun tartibiga olib chiqdi. «Fikr vaqti»ning yangi sonida ekspertlar Shuhrat Rasul va Bahodir G‘aniyev bilan «Hakimov ishi» ortidagi sovet nostalgiyasi hamda axborot, tafakkur mustaqilligi muammolarini tahlil qilamiz.

11-avgust kuni Toshkentda bloger Aziz Hakimovga nisbatan sud hukmi o‘qildi. U tuhmat, haqorat va milliy adovat qo‘zg‘atish ayblovlari bilan 4 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etildi.
 
Albatta, blogerning qamalishi jamiyat uchun o‘z-o‘zidan jiddiy voqea. Qaysiki, vaziyat bevosita yoki bilvosita bo‘lsin, baribir so‘z va fikr erkinligiga bog‘lanadi. Ammo «Hakimov ishi»da ulardan tamoman farqli jihatlar borki, u o‘z ortidan jamiyatdagi g‘oyalar, ichki axborot maydonidagi bo‘shliqlar va tashqi kuchlar, xususan, Rossiyaning O‘zbekiston ichki ishlariga munosabatini o‘rtaga chiqarmoqda. Har holda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi so‘zchisi Mariya Zaxarovaning o‘zini ko‘p kuttirmagan munosabati shuni isbotlaydigandek.
 
«Fikr vaqti»ning navbatdagi sonida «Hakimov ishi» atrofida paydo bo‘lgan ana shu muhim savollar, jumladan, sovet nostalgiyasi, Kremldan berilayotgan bayonotlar hamda tafakkur va axborot mustaqilligi haqida gaplashdik.

Dastur mehmonlari — iqtisodchi Shuhrat Rasul va ta’lim hamda boshqaruv masalalari bo‘yicha mutaxassis Bahodir G‘aniyev bo‘ldi.

Теглар

Илёс Сафаров

Илёс СафаровМақолалар сони: 135

Барчаси

Мавзуга оид