Subsidiya uchun arizalar qachondan qabul qilinishi aytildi

Бугун 16:592 дақиқа

Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turarjoy mavjud bo‘lmasligi kerak.

Subsidiya uchun arizalar qachondan qabul qilinishi aytildi

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida arizalar qabul qilish joriy yilning 16-mart kuni soat 14:00 da boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

«Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olishda ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholash natijasiga ko‘ra 30 va undan yuqori ball to‘plashi hamda kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos bo‘lishi talab etiladi», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bunda ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turarjoy mavjud bo‘lmasligi, shuningdek, o‘rtacha oylik daromadi miqdori belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bo‘lishi lozim.

Subsidiya olish uchun quyidagi usullar orqali ariza topshirish mumkin:

Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish;

myGov mobil ilovasi;

my.gov.uz portalida, mazkur havola

Shuningdek, ariza beruvchi tomonidan ariza topshirish (baholash) davrida «OneID» tizimida shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish paneli orqali ishtirok etuvchi tijorat banklariga kredit tarixini baholash maqsadida tegishli ma’lumotlardan foydalanish uchun ruxsat berilgan, kredit tarixini olishga cheklov vaqtincha o‘rnatilmagan bo‘lishi kerak. Aks holda, ariza beruvchining kredit tarixini o‘rganish imkoniyati cheklanib, uning arizasi rad etilishiga sabab bo‘ladi.

Harbiy tuzilmalar xodimlari esa bevosita davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda ariza topshirishlari mumkin.

Banklar ro‘yxati

Ma’lumot uchun, ariza beruvchining kredit tarixi tijorat banklarining ichki qoidalariga muvofiqligini baholash orqali subsidiyali ipoteka kreditlarini ajratish dasturida quyidagi tijorat banklari ishtirok etadi:

1. «Agrobank» ATB

2. «Aloqabank» ATB

3. «Asakabank» AJ

4. «Asia Alliance Bank» ATB

5. «Biznesni rivojlantirish banki» ATB

6. «Hamkorbank» ATB

7. «Ipak yo‘li» AITB

8. «Ipotekabank» OTP Grup

9. «Mikrokreditbank» ATB

10. «Oriyent Finans» XATB

11. «Trastbank» XAB

12. «Turonbank» ATB

13. «Xalq banki» ATB

14. «O‘zmilliybank» AJ

15. «O‘zsanoatqurilishbank» ATB

Теглар

Мавзуга оид