Logo

Surxondaryoda elektr ta’minotining 80 foizi tiklandi

Ayrim tumanlardagi uzilishlarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Surxondaryoda elektr ta’minotining 80 foizi tiklandi © Pxhere

Surxondaryo viloyatida elektr ta’minotining 80 foizi tiklandi. Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, hozir qolgan hududlarda ham elektr ta’minotini to‘liq tiklash ishlari olib borilmoqda.

Elektr ta’minotidagi uzilishlar qo‘shni mamlakat energetika tizimida yuz bergan avariyadan keyin kuzatilgan. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ xabar berishicha, ushbu avariya Markaziy Osiyo energetika tizimiga ta’sir ko‘rsatgan.

Shu jarayonda 220 kV kuchlanishli «Gulcha» podstansiyasi ham kuchlanishsiz qolgan. Natijada Sariosiyo, Uzun, Denov va Oltinsoy tumanlarining ayrim hududlarida iste’molchilar elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Tiklash ishlari davom etmoqda

Qayd etilishicha, ayni paytda mutaxassislar tomonidan iste’molchilar ta’minotini tiklash ishlari olib borilmoqda.

«Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz», — deyiladi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ xabarida.

Теглар

Мавзуга оид