Tataristonda dronlar hujumidan so‘ng neft stansiyasi yonib ketdi

23.02.2026 | 15:401 дақиқа

Rossiyaning Almetvsk shahrida 23-fevral kuni «Kaleykino» neft uzatish stansiyasiga hujum qilingani haqida ukrain manbalari xabar berdi. Mahalliy aholi bir qator portlash ovozlarini eshitgan, shundan so‘ng yirik yong‘in kelib chiqqan.

Tataristonda dronlar hujumidan so‘ng neft stansiyasi yonib ketdi

Rossiya tarkibidagi Tatariston hududidagi Almetevsk shahrida bugun, 23-fevralga o‘tar kechasi dronlar hujumidan so‘ng «Kaleykino» neft uzatish stansiyasida yong‘in chiqqan. Bu haqda ukrain manbalari xabar berdi.

Mahalliy aholi portlashlar seriyasini eshitgan, shundan keyin yirik yong‘in yuz bergan. Uning tasvirlari qator Telegram-kanallarda e’lon qilingan.

photo_2026-02-19_10-57-21

«Kaleykino» neft uzatish stansiyasi Tataristonning Almetevsk tumanida joylashgan «Transneft – Prikame» AJning eng yirik bosh neft uzatish stansiyasidir. U G‘arbiy Sibir, Tatariston, Udmurtiya va Boshqirdistondan keladigan turli sifatdagi neftni qabul qiladi, aralashtiradi, o‘nlab rezervuarlarda saqlaydi va magistral neft quvurlari orqali, jumladan Nijnekamsk neftni qayta ishlash zavodi hamda eksport yo‘nalishlariga uzatadi.

Muhim neft uzatish stansiyasi

«Kaleykino» neft «Drujba» quvuriga yuboriladigan asosiy boshlang‘ich neft uzatish stansiyalaridan biridir. Almetevsk ma’muriyati ma’lum qilishicha, shahar sanoat hududida dron parchalarining qulashi oqibatida yong‘in kelib chiqqan, jabrlanganlar yo‘q.

O‘sha kecha Belgorod shahri ham ommaviy havo hujumiga uchragan. Shaharda elektr ta’minoti, suv ta’minoti va issiqlik berishda uzilishlar kuzatilgan.

Теглар

Мавзуга оид