Logo

To‘qayev Rossiya-Ukraina mojarosini «muzlatish»ni taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Vladimir Putin bilan uchrashuvda Rossiya-Ukraina urushi «muzlatilishi» va muzokaralar «Istanbul 2.0» formatida qayta tiklanishi kerakligini aytdi.

To‘qayev Rossiya-Ukraina mojarosini «muzlatish»ni taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Omsk shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Ukrainadagi urushni «muzlatish» va diplomatik muzokaralarga qaytish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda «Meduza» xabar berdi.

To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro yuzasidan AQSH va Yevropa tomonidan turli signallar kelib tushmoqda. U mazkur fikrlarni Putin bilan ham muhokama qilganini aytdi.

«Qandaydir fuqarolar urushi haqida gapirmayapmiz. Biz har doim Ukraina xalqini, ularning madaniyati va tilini hurmat qilganmiz. Ushbu nizoning xususiyati ko‘pchilikka, jumladan, bizga ham to‘liq tushunarli emas, deb hisoblaymiz.

Masalan, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi nizo, jumladan, uning mohiyati va kelib chiqishi bizga juda yaxshi tushunarli edi. Lekin yuqoridagi holatni tushunish juda qiyin», — dedi Qozog‘iston prezidenti.

Uning ta’kidlashicha, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi mojaroning sabablari aniqroq tushunarli bo‘lgan, biroq Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushning kelib chiqishi va mohiyatini baholash ancha mushkul.

«Istanbul 2.0»ga chaqiriq

To‘qayev Putinning Alyaskada AQSH vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda maksimal diplomatik moslashuvchanlik namoyish etganini ta’kidladi.

«Menga murojaat qilishayotgani uchun bu shunchaki mening kamtarona fikrim. Balki bu nizoni to‘xtatib turish va «Istanbul 2.0» formulasiga qaytish vaqti kelgandir», dedi u.

Qozog‘iston prezidentining fikricha, Alyaskadagi muzokaralar muayyan ijobiy natijalar bergan va diplomatik jarayonni davom ettirish uchun asos yaratgan.

«Bariga chek qo‘yish kerak»

To‘qayev urushning eng og‘ir oqibatlaridan biri insonlar, ayniqsa yoshlar hayotiga ziyon yetayotgani ekanini qayd etdi.

«Qozog‘iston tarafdor mamlakat emas, lekin shu bilan bir vaqtda chaqiriqlarga qaramasdan, vositachilik qilishni qat’iyan rad etaman. Rossiya kun tartibidagi barcha masalalarni vositachilarsiz ham hal qila oladi», — dedi Qozog‘iston prezidenti.

Теглар

Мавзуга оид