Toshkent shahar hokimligi 2025 yilning eng yopiq davlat organi bo‘ldi

Бугун 12:281 дақиқа

O‘zbekistonda 2025-yilda tuzilgan davlat organlari va tashkilotlari ochiqlik indeksida Andijon viloyati va Toshkent shahar hokimliklari eng yomon natija qayd etdi.

Toshkent shahar hokimligi 2025 yilning eng yopiq davlat organi bo‘ldi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan e’lon qilingan 2025 yilgi ochiqlik indeksi natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda davlat organlari shaffofligida ma’lum ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan bo‘lsa-da, ayrim hududiy hokimliklar past ko‘rsatkich qayd etgan.

Hisobotda qayd etilishicha, jami 97 ta vazirlik, idora, muassasa va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati baholangan. Baholash 84 ta mezonni qamrab olgan sakkizta asosiy indikator asosida amalga oshirilgan.

Toifalar asosida baholash

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 66 ta tashkilot «yashil», 22 tasi «sariq» va 9 tasi «qizil» toifaga kiritilgan. 2022 yildagi ilk baholash bilan solishtirilganda, «yashil» toifadagilar 3,5 barobarga oshgani, «qizil» toifadagilar esa 3 barobarga kamaygani umumiy tizimda ijobiy dinamikani ko‘rsatadi.

photo_2026-04-13_12-15-15

Manba: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Yuqori ko‘rsatkichlari

Eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati», «O‘zbekgidroenergo», «O‘zavtosanoat» hamda «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» kabi yirik sanoat korxonalari, shuningdek Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan qayd etilgan.

Eng past natija qayd etilgan tashkilotlar

Shu bilan birga, hududiy kesimda Toshkent shahar hokimligi va Andijon viloyati hokimligi eng past natijalarni qayd etib, «qizil» toifaga kiritilgan. Respublika darajasida esa «O‘zbekiston temir yo‘llari» hamda «O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish agentligi» past ko‘rsatkichlar qatorida qayd etilgan.

Теглар

Мавзуга оид