Logo

Toshkentda jazirama tufayli suv sepish va sug‘orish ishlari kuchaytirildi

Бугун 10:251 дақиқа

Poytaxtda havo haroratining keskin oshishi ortidan aholi uchun qulay sharoit yaratish hamda yashil asrash maqsadida ko‘chalarga suv sepish va yashil hududlarni sug‘orish ishlari kengaytirildi.

Toshkentda jazirama tufayli suv sepish va sug‘orish ishlari kuchaytirildi © Toshkent shahar hokimligi | Videodan kadr

Toshkentda issiq ob-havo sharoitida aholi uchun qulay muhit yaratish hamda yashil hududlarni saqlash maqsadida suv sepish va sug‘orish ishlari kuchaytirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, shaharning markaziy va asosiy ko‘chalarida maxsus texnikalar yordamida suv sepish ishlari tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, gazonlar, daraxtlar va boshqa ko‘kalamzor hududlarda sug‘orish ishlari ham kuchaytirilgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ishlar bir nechta shahar tashkilotlari hamkorligida olib borilmoqda. Jumladan, jarayonda Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Maxsus sug‘orish uskunalarini ta’mirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi hamda Alohida ahamiyatga ega ko‘chalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish boshqarmasi ishtirok etmoqda.

Hokimlikka ko‘ra, ushbu ishlar shahar muhitini salqinroq saqlash, yashil hududlarni asrash va yozgi mavsumda kommunal xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Poytaxtda qo‘shimcha ravishda shahar favvoralarining uzluksiz ishlashi ham ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Bu choralar yozning eng issiq kunlarida shahar aholisi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri hamda yana sakkizta tumanda havo haroratining keskin oshishi sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi haqida xabar berilgan edi.

Теглар

Мавзуга оид