Logo

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi

Бугун 12:341 дақиқа

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shoh ko‘chasida 13-iyulgacha transport harakati vaqtincha cheklanadi.

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi © Ijtimoiy tarmoqlar

Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport oqimini tartibga solish hamda jamoat transporti harakati uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida Mustaqillik shoh ko‘chasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan 2026-yil 2-iyul soat 01:00 dan 13-iyul soat 06:00 ga qadar Mustaqillik shoh ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishidagi qatnov qismi transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qurilish ishlari davomida tirbandliklarning oldini olish va transport oqimini tartibga solish maqsadida yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismida vaziyatdan kelib chiqib, vaqti-vaqti bilan ikki tomonlama harakat tashkil etilishi mumkin.

Mas’ullar haydovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishni tavsiya qildi.

photo_2026-07-02_12-37-11


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda piyodalar uchun yangi xavfsizlik tizimi sinov tariqasida joriy  etilganligi haqida xabar berilgandi.

Теглар

Мавзуга оид

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi | Vaqt.uz