Toshkentdagi podstansiyalardan birida transformator yonib ketdi

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Toshkentdagi podstansiyalardan birida transformator yonib ketdi

Bugun, 1-iyun kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan podstansiya ichidagi transformatorda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kichik halqa yo‘li ko‘chasidagi podstansiyada transformator yonayotgani to‘g‘risidagi xabar soat 18:57 da kelib tushgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 19:01 da yetib borgan.
Olov soat 19:12 da qurshab olinib, 19:17 da to‘liq o‘chirilgan.

Buning oqibatida Shayxontohur va Olmazor (6200 ta xonadon, 800 dan ortiq yuridik shaxslar) tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hozirda mazkur vaziyat Toshkent shahar FVB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Yong‘in oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar haqida hech qanday ma’lumot kelib tushmagan.

Теглар

Мавзуга оид