Logo

Tramp jurnalist bilan tortishib, intervyuni yarmida to‘xtatdi

Бугун 10:551 дақиқа

Tramp NBC, ABC, CBS va CNN telekanallarini «bir tomonlama va noholis telekanallar» deb atadi.

Tramp jurnalist bilan tortishib, intervyuni yarmida to‘xtatdi

AQSH prezidenti Donald Tramp saylovlar haqidagi bahsdan keyin NBC telekanaliga bergan intervyusi davomida jurnalist bilan keskin bahslashib, kutilmaganda yakunlashga qaror qildi. Suhbat mamlakatdagi saylov jarayonlari va ularning shaffofligi masalasi haqida edi.

«Jiddiy dalillar faqat saylovlar soxtalashtirilganini ko‘rsatmoqda. Bu iflos saylovlar edi. Bu yana Kaliforniyada sodir bo‘lmoqda», — dedi AQSH prezidenti.

Telekanal jurnalisti undan buni tasdiqlovchi dalillari bor-yo‘qligini so‘radi.

«Siz saylovlar soxtalashtirilganini bilasiz. Sizning telekompaniyangiz ham ular soxtalashtirilganini biladi... Hozirgacha bo‘lganidan ham ko‘proq dalillar taqdim etilgan. Keling, bu mamlakatdagi saylovlar haqida gaplashaylik. Biz uchinchi dunyo mamlakatiga o‘xshaymiz. Sizlarning saylovlaringiz halol emas, o‘zingiz ham halol emassiz, Meet the Press (NBC telekanalidagi ko‘rsatuv) ham halol emas, xuddi ABC, CBS va CNN kabi — bir tomonlama va noholis telekanallar», — deya qo‘shimcha qildi u.

Shundan keyin Tramp intervyuni yakunlashni so‘radi. Jurnalist AQSH prezidentidan suhbatni davom ettirishni iltimos qildi, ammo u o‘z qaroridan qaytmadi.

Теглар

Мавзуга оид