Logo

Turkmaniston Afg‘oniston va BAAga aviatsiya kerosini eksport qildi

Бугун 18:371 дақиқа

Turkmaniston birjasida tashqi bozor uchun «Türkmennebit» va «Türkmenhimiýa» mahsulotlari sotildi, ichki bozorda esa bug‘doy uni bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Turkmaniston Afg‘oniston va BAAga aviatsiya kerosini eksport qildi © РИА Новости

3-iyun kuni Turkmaniston Davlat tovar-xomashyo birjasida umumiy qiymati 51 million manat va 25 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 9 ta bitim tuzildi. Bu haqda «Vestiabad» axborot agentligi xabar qildi.

Tashqi bozorda Afg‘oniston va Birlashgan Arab Amirliklari tadbirkorlari «Türkmennebit» konsernidan TS-1 markali aviatsiya kerosinini xarid qildi.

Shuningdek, Turkiya va Afg‘oniston kompaniyalari «Türkmenhimiýa» konserni ishlab chiqargan EKO-93 markali avtomobil benzinini sotib oldi.

Ichki bozorda esa mahalliy tadbirkorlar Turkmaniston Oziq-ovqat sanoati davlat birlashmasi bilan birinchi navli bug‘doy unini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzdi.

Теглар

Мавзуга оид