Turkmanistondan sovg‘a: Minnixanovga ikkita alabay topshirildi

Бугун 17:401 дақиқа

Qozonga tashrif doirasida Turkmaniston tomoni Minnixanovga ikki alabay kuchugini yetkazdi. Itlarga Alabay va Alaja deb nom qo‘yildi.

Turkmanistondan sovg‘a: Minnixanovga ikkita alabay topshirildi © Татаристон раисининг матбуот хизмати

Tatarstan rahbari Rustam Minnixanovga Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuxamedov tomonidan sovg‘a qilingan ikki kuchuk — alabay topshirildi. Bu haqda 23-may kuni uning matbuot xizmati xabar berdi.

14-may kuni sobiq prezident «KazanForum» forumida ishtirok etish uchun Qozonga tashrif buyurgan edi. «Tashrif doirasida unga 2021-yilda Rustam Minnixanovga sovg‘a qilingan Akdus laqabli alabayning qanchalik ulg‘aygani ko‘rsatildi. Akdusning turli musobaqalardagi muvaffaqiyatlaridan ruhlangan turkman xalqining milliy yetakchisi respublikaga yana ikki alabay yuborishga qaror qildi», – deyiladi xabarda.

Kuchukchalar mart oyida tug‘ilgan. Erkak kuchukka Alabay, urg‘ochisiga esa Alaja deb nom qo‘yilgan. Itlar uchun sertifikatni raisga «Turkman alabaylari» xalqaro assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Botir Rejepov topshirgan.

Minnixanov Berdimuxamedov sovg‘a qilgan alabay kuchugining videosini e’lon qildi

Rustam Minnixanov o‘zining «Instagram» sahifasida 17-may kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdыmuxamedov sovg‘a qilgan Akdost laqabli alabay kuchugining (Minnixanov uni tatarcha Akdus deb ataydi) ikki videosini e’lon qildi.

16-may kuni Minnixanov ishchi tashrif bilan Turkmenistanga borgan edi. 17-may kuni u Gurbanguli Berdimuxamedov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng tomonlar Mi-17-1V tibbiy vertolyotini ko‘zdan kechirishdi. U Ashxabodga Qozondan yetkazib berilgan. Shuningdek, Turkmaniston rahbari Minnixanovga alabay kuchugini sovg‘a qildi.

Теглар

Мавзуга оид